Mutaxassislar yurakni kasalliklardan himoyalovchi mahsulotni aniqlashdi
London Qirollik kolleji olimlarining fikricha, pechene va chips kabi ommalashgan yeguliklar o‘rniga bodom iste’mol qilish endoteliy (qon tomirlar ichki yuzasi) funksiyalarini yaxshilaydi va yomon xolesterinni kamaytirib, yurak-qon tomir xastaliklarini bartaraf etadi. Mutaxassislarning maqolasi «European Journal of Nutrition» va «American Journal of Clinical Nutrition» jurnallarida chop etildi.
Tadqiqotda 6802 nafar katta yoshli odam ishtirok etgan. Ular to‘rt kunlik ovqatlanish kundaligini to‘ldirib borishgan. Bodom yeydigan odamlar sog‘lom parhezga amal qilishib, oqsil, S vitamini, kletchatka va sog‘lik uchun foydali boshqa yeguliklarni iste’mol qilishgan. Shuningdek, ular trans-yog‘li kislotalar, uglevod va natriyga boy mahsulotlarni kam tanovul qilishgan. Yong‘oq yemaydiganlarga qaraganda bodomni yoqtiruvchilarning bel aylanasi 2,1 santimetrga kichik, tana vazni indeksi esa kvadrat metrga 8 kilogramm kamroq bo‘lgan.
Yana bir tajribada yurak-qon tomir kasalliklari xavfi yuqori bo‘lgan odamlar olti hafta davomida bodom yoki oddiy yegulik iste’mol qilishgan. Buni qarangki, agar iste’mol qilayotgan uglevodning 20 foizi bodom bilan almashtiriladigan bo‘lsa, yurak-qon tomir kasalliklari xavfi 32 foizga kamayar ekan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter