Mutaxassislar bir martalik niqobning xavfi to‘g‘risida ma’lumot berishdi
Tadqiqotchilar bir martalik niqobning xavfi to‘g‘risida ma’lumot berishdi. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bunday himoya vositalari atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin. Portsmut universiteti xodimlari shunday xulosaga kelishdi. Bu haqda «The Conversation» nashri xabar bergan.
Tadqiqotchilarning fikricha, bir martalik tibbiy niqobdan voz kechish kerak. Gap shundaki, COVID-19 pandemiyasi davrida bunday buyumlarga talab keskin oshdi. Cheklovlar sekin-asta bekor qilinib, odamlar ko‘chaga ko‘proq chiqa boshlagach, bu xavf-xatar yana-da ko‘payadi: mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, kuniga milliardlab niqoblarga ehtiyoj paydo bo‘ladi.
Niqoblarning ko‘pchiligi noto‘g‘ri utilizatsiya qilinadi va atrof-muhitga tarqaladi. Ko‘pgina himoya vositalarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan plastik materialning parchalanishi uchun o‘nlab yillar kerak bo‘ladi. Shuningdek, tashlab yuborilgan materialni jonivorlar ozuqa deb o‘ylab yeb qo‘yishi ham hech gap emas.
Bundan tashqari, Buyuk Britaniya olimlari utilizatsiya qilingan niqoblar axlat tashuvchilar uchun xavf tug‘dirishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda: ushbu kasb egalari orasida COVID-19 tarqala boshlashi mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan omillarni hisobga olib, tadqiqotchilar bir martalik niqobni taqmasdan, ko‘p martalik niqobdan foydalanishni tavsiya etishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter