O‘zbekistonda yana niqob rejimi joriy etildimi?
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i Rustam Ikromov fuqarolarga ehtiyotkorlik yuzasidan tibbiy niqoblarni taqib yurishni tavsiya qildi.
«Hozircha jamoat joylarida tibbiy niqob taqib yurish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyaning qarori kelmadi, biroq sog‘liqni saqlash va ehtiyotkorlik yuzasidan tibbiy niqoblarni taqib yurishni maslahat beramiz.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda koronavirusning omikron shtammi ko‘proq uchramoqda. «Kasallikka chalinayotganlar orasida 90 foizi — emlanmagan fuqarolar. Qolgani 10 foizi esa vaksina olganiga 1 yildan ko‘p bo‘lgan, immuniteti past fuqarolar yoki homilador ayollar va bolalardir. Hozirga qadar ro‘yxatga olingan barcha vaksinalar o‘z samarasini ko‘rsatmoqda va shu munosabat bilan mamlakatimizda aynan shu vaksinalardan foydalanish davom ettiriladi», — deydi Ikromov.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi haftalarda koronavirusdan kasallanish ko‘rsatkichlari o‘sdi. Shuningdek, O‘zbekistonda omikron shtammining yangi mutatsiyasi tarqalayotgani ma’lum qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter