Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

CNN: pandemiya dunyo okeaniga ham xavf solmoqda

CNN: pandemiya dunyo okeaniga ham xavf solmoqda

Foto:«Yandeks»

Koronavirus pandemiyasi nafaqat odamzotga, balki dunyo okeaniga tahdid solmoqda. Bu haqda CNN e’lon qilgan ma’lumotlarga gap boradi.

Pandemiya natijasida hosil bo‘lgan chiqindilar, jumladan tibbiy niqoblar, qo‘lqoplar va ro‘molchalar suv havzalari, okeanlarga chiqib ketmoqda. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan oy har yili o‘tkaziladigan Xalqaro qirg‘oqlarni tozalash tadbirida 62210 dona shaxsiy himoya vositalari buyumlari, shu jumladan bir marta ishlatiladigan maskalar va qo‘lqoplar to‘plangan. Bu har yili sentyabr oyida o‘tkaziladigan dunyodagi eng katta ko‘ngillilik harakati bo‘lib, unda o‘nlab mamlakatlar ishtirokchilari ishtirok etishadi, ular okean va suv yo‘llaridan plastmassa va dengiz chiqindilarini olib chiqib ketishadi.

Bu yil 76 mamlakat a’zolari qirg‘oqlarnii tozalashda qatnashdi va kamida 800 tonnaga yaqin axlat yig‘ildi O‘n minglab shaxsiy himoya vositalari chiqindisi ham yig‘ilgan.

«Okeanlardagi plastik chiqindilarning taxminan 80 foizi quruqlikdan kelib chiqadi», - dedi Kaliforniyada joylashgan «Surfrider Foundation» notijorat tashkiloti bosh direktori Chad Nelsen. «Ko‘chada ko‘rmagan har qanday niqob yoki qo‘lqop, ehtimol bo‘ron drenajiga, daryoga, keyin okeanga tushadi».

Nelsenning ta’kidlashicha, bir martalik ishlatilgan niqob va qo‘lqoplarning xavfsiz joyi axlatxonalardadir. Olimlarning fikriga ko‘ra, dengizlar chiqindilarning zararli ta’siriga tushib qolishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring