Koronavirus: nazorat kuchaytirilmoqda
Yurtimizda koronavirusning keng tarqalishi va keskin epidemiologik holat yuzaga kelishining oldini olish maqsadida tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Joriy yilning 24-martidan boshlab:
jamoat joylarida, shu jumladan, yirik dehqon bozorlari va savdo majmualarida (supermarket, gipermarket va boshqalarda) tibbiy niqobdan va antiseptik vositalardan foydalangan holda harakatlanish bo‘yicha sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilishi bo‘yicha nazorat kuchaytirildi.
Joriy yilning 25-martidan boshlab:
kasallik klinik belgilarsiz yoki yengil shaklda kechayotganligi sabab uy sharoitida davolanayotgan bemorlar salomatligi nazorati va davolanishini tashkil etish maqsadida zarurat bo‘lgan hududlar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida mobil brigadalar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yiladi.
Karantin cheklovlarini va sanitariya-epidemiologik talablarni buzayotgan fuqarolar belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi, shu jumladan, ushbu holatlarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qat’iy choralar ko‘rilishi belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter