Yuk avtomobillariga yo‘lning chap qismida yurganligi uchun jarima solish rejalashtirilyapti
IIV yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik takomillashtirilayotgani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, hujjat bilan mazkur kodeksning 128-moddasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Bunda, yuk avtomobillarida yo‘lning chetki chap qatorida harakatlanmaganlik hamda chapga burilishda yoki qayrilib olishda teng ahamiyatli yo‘ldan qarama-qarshi yo‘nalishdan to‘g‘riga yoki o‘ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l bermaganlik uchun jarima solish rejalashtirilyapti.
Vazirlikka ko‘ra, yuk avtomobillariga oid yuqoridagi taritb Yo‘l harakati qoidalarining 67-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida belgilab qo‘yilganiga qaramay, amalda yuk avtomobillari tomonidan yo‘lning chap qatorida yuqori tezlikda harakatlanishi yoxud boshqa transport vositalariga xalaqit qilish va avariyali holatlarini keltirib chiqarmoqda.
«Yo‘l harakati qoidalarida yuk avtomobillari tomonidan yo‘l chekkasida harakatlanishga oid talablar mavjud, biroq, MJtKda ushbu talablarga rioya etilmaganligi uchun javobgarlik mavjud emas», – deyiladi =ujjat loyi=asi tushuntirishida.
Bundan tashqari, Yo‘l harakati qoidalarining 107-bandida chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo‘ldan qarama-qarshi yo‘nalishdan to‘g‘riga yoki o‘ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerakligi belgilangan.
Ammo, bu talabni buzganlik uchun ham MJtKda javobgarlik mavjud emas.
Vazirlikning ta’kidlashicha, bunday holatlarning takrorlanishi oqibatida haydovchilarga tegishli ta’sirchan choralar ko‘rish imkoniyati mavjud bo‘lmagan, shuningdek ular turli og‘ir YTHlar kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda MJtKning 128-moddasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, huquqbuzarlarga nisbatan BHMning ikkidan bir qismi miqdorida jarima solish ko‘zda tutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter