Ma’lum vaqtlarda «A» belgili yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat berilyapti

Hukumatning VMQ-318-son qarori bilan joriy yil 1-iyundan boshlab soat 23.00 dan 06.00 ga qadar yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘lda boshqa transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat beriladi.
Shuningdek:
- amal qilish vaqtini ko‘rsatuvchi qo‘shimcha axborot belgilariga ega «To‘xtash taqiqlangan» va «To‘xtab turish taqiqlangan» yo‘l belgilari joylashgan hududda ularning amal qilish vaqtidan tashqari paytda transport vositalarining tegishlicha to‘xtashi hamda to‘xtab turishiga;
- maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofidagi yo‘llarda Yo‘l harakati qoidalari bilan belgilangan tezlik chegarasini dam olish kunlari, ta’til davrlari va 19.00 dan 07.00 gacha vaqt oralig‘ida ushbu aholi punkti uchun ruxsat etilgan umumiy tezlik chegarasigacha oshirib harakatlanishga ham ruxsat beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter