Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘llardagi qoidabuzarlik haqida xabar berganlar uchun mukofot pullari oshiriladi

Yo‘llardagi qoidabuzarlik haqida xabar berganlar uchun mukofot pullari oshiriladi

Kelgusida fuqarolar tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni mobil ilova orqali tegishli organga  yuborish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, Yo‘llardagi qoidabuzarlik haqida xabar berganlar uchun huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan rag‘batlantirish miqdori ham oshiriladi.

Bu borada joriy yil 16-fevraldagi Prezidentning tegishli qarori bilan IIV va Milliy gvardiyaga ikki oy muddatda Hukumatga tegishli takliflar kiritishi belgilandi.

Shuningdek, ushbu muddatda jamoat transporti uchun alohida ajratilgan tasmalar va avtobuslarga maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy texnik vositalarini o‘rnatish bo‘yicha ham ishlar olib boriladi.

IIV va Milliy gvardiya, bundan tashqari, doimiy ravishda jamoat transporti harakatlanadigan yo‘nalishlarda harakat xavfsizligini, jamoat transporti ustuvorligini, jamoat transporti uchun ajratilgan tasmalar va bekatlarning boshqa transport vositalaridan xoli bo‘lishini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartibga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalariga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan fuqarolar BHMning 5 foizi (15 ming so‘m) miqdorida mukofot puli oladilar.



Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring