Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yil boshidan buyon Toshkentda uy-joylarning o‘rtacha narxi 13 foizga qimmatlagan

Yil boshidan buyon Toshkentda uy-joylarning o‘rtacha narxi 13 foizga qimmatlagan

2022-yil avgust oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari soni 26,5 mingtani tashkil etdi, bu joriy yilning iyul oyiga (20,3 ming) nisbatan 30 foizga (6,2 ming) ko‘p.

Yil boshidan buyon uy-joy savdosining o‘sishi esa, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislari tahlili natijalariga ko‘ra, 8,5 foizni (172,7 ming) tashkil etdi.

Qayd etilishicha, avgust oyida ipoteka kreditlash hajmining iyul oyiga nisbatan 37 foizga keskin o‘sishi (1,1 trln. so‘mdan 1,5 trln. so‘mgacha) barcha hududlarda savdo hajmining ijobiy dinamikasiga ta’sir ko‘rsatgan.

Jumladan, Qoraqalpog‘istonda 2,3 barobar, Samarqandda 75 foiz va Jizzaxda 41 foiz yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi.

2021-yil avgust oyi bilan taqqoslaganda esa ko‘chmas mulk oldi-sotdi bo‘yicha shartnomalar soni 22 foizga (4,7 mingta) oshdi.

Shuningek, joriy yil avgust oyida ikkilamchi bozorda uy-joy o‘rtacha narxlari o‘sishi oyiga 0,5 foizni tashkil etdi (iyun oyida – 2,7 foiz, iyul oyida – 2,5 foiz).

Uy-joy narxining sezilarli o‘sishi Xorazm (6,1 foiz), Qashqadaryo (1,9 foiz) va Farg‘ona (1,8 foiz) viloyatlarida kuzatilmoqda.

Uy-joy narxining pasayishi esa Surxondaryo (5,3 foiz), Andijon (2,1 foiz), Sirdaryo (1,2 foiz) va Navoiy (1,1 foiz) viloyatlarida qayd etildi.

Toshkent shahrida ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorida narxlar o‘sishi biroz sekinlashdi va 1,4 foizni tashkil etdi (iyun oyida 2,4 foiz, iyul oyida 2,9 foiz). Uy-joy narxining eng katta o‘sishi Chilonzor, Olmazor va Shayxontohur tumanlarida qayd etildi. Sergeli tumanida narxlarning pasayishi kuzatildi.

Shu bilan birga, yil boshidan buyon poytaxtda uy-joy o‘rtacha narxlari 13 foizga (respublika bo‘yicha 7 foiz) oshdi, bu uy-joyga bo‘lgan talabning, shu jumladan, chet el fuqarolarining kirib kelishi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring