Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vayner «Dili.me» ozodlikka chiqdi

Vayner «Dili.me» ozodlikka chiqdi

Bir necha kun oldin «Dili.me» taxallusi bilan tanilgan vayner Dilshod O‘rozboyev qidiruvga berilib, ushlangani haqida xabar bergan edik. Bugun, 20 mart kuni vayner Dilshod O‘rozboyev ozodlikka chiqdi.

U o‘zining Instagram sahifasida onasi bilan birga tushgan suratini joylashtirgan va surat ostida esa «Dom, Miliy Dom. Alhamdulilloh» deb izoh qoldirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, blogerga qo‘llanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasi sud tomonidan o‘zgartirilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 23 yanvar kuni «Dili.me» nomi bilan tanilgan vayner O‘.D. sheriklari bilan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan fuqaro P.A.ni urib tan jarohati yetkazishgan. Shundan so‘ng unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan va 10 mart kuni ushlanib, tergovga jalb etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring