Taniqli vayner qidiruvga berilib, ushlangani bo‘yicha rasmiy xabar berildi
23 yanvar kuni Dili.me nomi bilan tanilgan vayner O‘.D. sheriklari bilan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan fuqaro P.A.ni urib tan jarohati yetkazishgan, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi bir necha marotaba chaqirtirilishiga qaramasdan tergovga kelishdan buyin tovlab kelgan.
Shu sababli unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida O‘.D. 10 mart kuni ushlanib, tergovga jalb qilingan.
Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter