Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzr...» – Transport vazirligi shaharlararo avtobus qatnovini «tikladi»

«Uzr...» – Transport vazirligi shaharlararo avtobus qatnovini «tikladi»

Bir muddat oldin «noqulay ob-havo sababli» xalqaro va shaharlararo avtobus qatnovi to‘xtatilganini e’lon qilgan Transport vazirligi oradan 2 soat o‘tib, Toshkent avtovokzalidan shaharlararo avtobuslar harakati «belgilangan jadval asosida» amalga oshirilayotganini xabar qildi.

Vazirlik o‘tgan 2 soat ichida nimalar o‘zgargani, ya’ni avvalgi qarorga nega kelingani-yu, harakat nega qayta tiklangani haqida izoh bermagan. Shunchaki, «ob-havo noqulayliklari tufayli avtobuslar harakati to‘xtab qolmasligi uchun barcha choralar ko‘rilayotgani» aytiladi, xolos.

Avtobuslar qatnovi harakat jadvali to‘g‘risidagi ma’lumotlar kundalik berib boriladi.

Jumladan, bugungi qatnovlar ro‘yxati:

  • 15:00 | Toshkent – Urgench – 155 000 so‘m
  • 16:00 | Toshkent – Qorako‘l – 95 000 so‘m
  • 17:00 | Toshkent – Uzun – 135 000 so‘m
  • 18:00 | Toshkent – Buxoro – 89 000 so‘m
  • 18:00 | Toshkent – Termiz – 119 000 so‘m
  • 18:30 | Toshkent – Xiva – 155 000 so‘m
  • 18:30 | Toshkent – Denov – 125 000 so‘m
  • 19:00 | Toshkent – Termiz – 119 000 so‘m
  • 19:30 | Toshkent – Buxoro – 89 000 so‘m
  • 20:30 | Toshkent – Buxoro – 89 000 so‘m

Yo‘lovchilar chiptalarni «Toshkent» avtovokzali chiptaxonalaridan hamda avtoticket.uz yagona interaktiv axborot portali orqali onlayn tarzda sotib olishlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring