Toshkent shahridagi ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritildi

Joriy yil 5-martdan boshlab Toshkent shahridagi ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Transport vazirligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, yo‘lovchi oqimi va fuqarolar murojaatlarini inobatga olgan holda ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Jumladan:
- 29-sonli «Huvaydo mahallasi – Paxtakor metrosi» — Beruniy va Al-Xorazmiy ko‘chalari kesishmasidan chapga burilib harakatlanadi.
- 120-sonli «Chorsu metrosi – Guliston mahallasi» — Chorsu metrosidan Guliston mahallasiga borishda va qaytishda A. Navoiy ko‘chasi orqali harakatlanadi.
- 105-sonli «Sergeli qo‘rg‘oni – Chilonzor buyum bozori» — Xonabod ko‘chasidan harakatlanadi, Ulgurji bozoriga kirmaydi.
- 117-sonli «Toshkent quvur zavodi – Food City» — Toshkent quvur zavodidan kelishda Ulgurji bozori orqali harakatlanadi.
- 154-sonli «Bobur mahallasi – Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi» — Bobur mahallasidan THAY va Yangi Sergeli ko‘chalari orqali harakatlanadi.
- 87-sonli «AI Xorazmiy mavzesi – Qoraqamish 2/4 mavzesi» — Guliston, Poygoh, Qurilish, Qovunchi ko‘chalari orqali Chilonzor 30-dahasi bekatigacha harakatlanadi.
- 17T-sonli «Bekobod mavzesi – Chilonzor buyum bozori” — Chilonzor buyum bozoridan kelishda Beshqayrag‘och, Bekobod, Istirohat ko‘chalari orqali harakatlanadi.
- 99-sonli «Suvsoz mavzesi – Farhod bozori” — Suvsoz mavzesidan kelishda Kichik halqa yo‘li, Lutfiy va Farhod ko‘chalari orqali harakatlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter