Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina elchixonasi rus ashulachisining Toshkentda rejalashtirilgan konserti yuzasidan munosabat bildirdi

Ukraina elchixonasi rus ashulachisining Toshkentda rejalashtirilgan konserti yuzasidan munosabat bildirdi

Ukraina elchixonasi rus ashulachisi Grigoriy Lepsning Toshkentda o‘tgan konserti yuzasidan O‘zbekistonning vakolatli organlariga tegishli murojaat yuborgan.

Bu haqda Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.

«Elchixona urushni qo‘llab-quvvatlovchi rossiyalik san’atkorlarning O‘zbekistondagi chiqishlari ularning O‘zbekiston obro‘siga tahdid soladigan urushni qo‘zg‘atishga qaratilgan jinoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning soxta ko‘rinishini yaratishi mumkinligiga e’tibor qaratadi.

Bundan tashqari, rossiyalik ijrochilar tomonidan olingan mablag‘lar ular tomonidan urush, terrorizm va Ukraina xalqining genotsidini moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkin», – deyiladi diplomatik munosabatda.

Elchixona, щz navbatida, urushni qo‘llab-quvvatlovchi rossiyalik san’atkorlarning chiqishlari uchun O‘zbekistonning konsert maydonlaridan foydalanishga qarshi chiqqani uchun o‘zbek jamoatchiligiga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Ukrainadagi urushini ochiqdan-ochiq qo‘llab quvvatlovchi xonandalarning O‘zbekistonda rejalashtirilgan konsertiga qarshi o‘zbek jamoatchiligi noroziligi va uni bekor qilish talablari ortidan joriy yil 3 iyul kuni Kun.uz nashri ushbu konsert borasida Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari B.Ahmedovga yuzlangan va undan «O‘zbekistonda san’at uchun hech qanday to‘siq yo‘qligi» mazmunidagi javobni olgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring