«Toshshahartransxizmat» zararlarini qoplash uchun 18 mlrd so‘m ajratiladi
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyatiga mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, «Toshshahartransxizmat» AJga respublika budjetidan Toshkent shahar mahalliy budjetiga ajratilgan ssuda mablag‘lari hisobidan cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilarni tashish xizmatlarini ko‘rsatish munosabati bilan shahar yo‘lovchi tashish transporti tashuvchilari ko‘radigan zararlarni qoplash xarajatlari uchun 18 milliard so‘m ajratiladi.
Poytaxt hokimining birinchi o‘rinbosari xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdagi yig‘ilishiga ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha hisobot kiritadi.
Shuningdek, Toshkent shahar bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi ajratilgan mablag‘larni o‘rnatilgan tartibda moliyalashtirish choralarini ko‘radi.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari X.Shakirov zimmasiga yuklangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter