Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning janubi-sharqini markaz bilan bog‘laydigan ekspress avtobus yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentning janubi-sharqini markaz bilan bog‘laydigan ekspress avtobus yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentda 11 kilometrdan ortiq uzunlikdagi yo‘nalishda 4 tagina bekatda to‘xtab o‘tadigan ekspress avtobus yo‘lga qo‘yilmoqda.

Mazkur yo‘nalish Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek qo‘rg‘onidan hamda Toshkent viloyati Chirchiq shahri, Qibray va Bo‘stonliq tumanlaridan poytaxtga kirib kelayotgan yo‘lovchilarni metropoliten yo‘nalishlari, shuningdek, shahar markazi bilan tezkor bog‘lash maqsadida tashkil etilgan.23-noyabr kunidan boshlab yo‘lga qo‘yilayotgan Ye-1-sonli ekspress avtobus yo‘nalishining harakati «TTZ AShB»dan Yuzrabot, Gulsanam, Buyuk Ipak yo‘li, mirzo Ulug‘bek, Taraqqiyot-2 tor ko‘chalari orqali «Mashinasozlar metrosi AShB»ga qadar harakatlanadi.

Avtobusning to‘xtash bekatlari esa 4 tani tashkil qilib, ular: TTZ bozori, Buyuk Ipak yo‘li metrosi, Shifokorlar malakasini oshirish instituti va Ashxobod parklaridagi bekatlardir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring