Toshkentning ikki tumani aholisi ma’lum muddat gaz tarmog‘idan uzildi
Toshkent shahar Chilonzor va Uchtepa tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi.
«Hududgaz Poytaxt» GTFning ma’lum qilishicha, ta’mirlash ishlari sabab quyidagi hududlarda 16-noyabr kuni 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Chilonzor tumanidagi aholi iste’molchilari:
- «Zarqo‘rg‘on», «Fidokor» MFY 16-mavzelardagi 2260 ta xonadon;
- «Navbaho» va «Katta Navbahor» MFYlardagi 1260 ta xonadon;
- «Ko‘tarma» MFY 10-mavzedagi 1280 ta xonadon;
- «Naqqoshlik» MFYdagi 880 ta xonadon;
- «Botirma» MFY 19-mavzedagi 1280 ta xonadon.
Ulgurji iste’molchilar – 38 ta.
Uchtepa tumanidagi aholi iste’molchilari:
- «Tepaqo‘rg‘on» va «Qo‘rg‘ontepa» MFYdagi 1960 ta xonadon;
- «Ko‘xna Cho‘ponota» MFYdagi 2387 ta xonadon;
- «Bog‘obod» MFYdagi 1895 xonadon;
- «Bog‘iston» MFYdagi 2412 ta xonadon;
- «Birlik» MFYdagi 2150 ta xonadon;
- «Nayman» MFYdagi 1611 ta xonadon;
- «Guzar» MFYdagi 964 ta xonadon.
Ulgurji iste’molchilar soni – 105 ta.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklananishi aytilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter