Toshkentda uy sharoitida narkotik moddalar tayyorlab kelgan shaxs qo‘lga olindi
Toshkent shahri Chilonzor tumani Algoritm mavzesida yashovchi fuqaro A.T. xonadonida narkotik moddalar tayyorlab, ularni sotishi aniqlandi.
IIV rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, fuqaro A.T. 6 ta bo‘lak (51 gramm) bo‘lgan qora rangli sellofan paketga o‘ralgan, qoramtir, o‘tkir hidli giyohvandlik moddasini xolis xaridorga sotayotgan vaqtida xodimlar tomonidan ushlangan.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilib, ushbu shaxsning giyohvandlik moddalarni tayyorlagan joyi va asosiy manbalari aniqlangan.
Jumladan, A.T. yashash xonadonida ushbu moddani tayyorlaganligi, kannabis o‘simligini Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi X.Z. ning yashash xonadoni tomorqa yeridagi o‘simligidan foydalangan holda tayyorlab, sotib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Olib borilgan surishtiruv davomida X.Z. yashash xonadoni tomorqa yerida bo‘yi 185 sm balandlikka teng jami 9 (to‘qqiz) tup kannabis o‘simligini ekib, parvarish qilib qo‘yganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olib qo‘yildi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Aniqlanishicha, ushbu fuqaro muqaddam Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan ham uch marotaba sudlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter