Toshkentda 4 mlrd so‘mlik gazni yashirincha yoqqan korxona aniqladi — vazirlik
Toshkent shahrida 1 ta MChJ 3 mlrd 838 mln so‘mlik yoki 29 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’moliga teng hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Toshkent shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Shayxontohur tumanida joylashgan «R.T.» MChJ tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Xususan, ushbu MChJga qarashli korxonaning 2 ta bug‘ qozoni gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanganligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur noqonuniy holat natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 3 mlrd 838 mln 950 so‘m (5 mln 816 ming 592 metr kub)ni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun: ushbu hajmdagi tabiiy gaz 29 ming 82 ta xonadonning bir oylik iste’moliga teng.
Shu bilan birga, iste’molchining bugungi kun holatida elektr energiyasidan 3 mlrd 59 mln 281 ming so‘m qarzdorligi mavjudligi sababli elektr tarmog‘idan ajratilgan.
Aniqlangan holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter