Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda maktab qizlari o‘rtasida «razbor» yuz berdi

Toshkentda maktab qizlari o‘rtasida «razbor» yuz berdi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 331-maktab qizlari o‘rtasida yuz bergan janjal aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 13 aprel kuni taxminan soat 12.30 larda voyaga yetmagan, 2006 yilda tug‘ilgan H.S. va 2007 yilda tug‘ilgan D.U.lar Yangihayot tumani 8-hududdagi qurilishi tugallanmagan ob’yekt hududida jamoat tartibini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, voyaga yetmagan 2009 yilda tug‘ilgan S.X.ni urib, yengil tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi ("Bezorilik") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring