Toshkentda fuqaro 1 tup olma daraxtini kesib tashladi
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi fuqaro 1 tup olma daraxtini kesib tashladi. Bu haqda Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasiga yuborilgan murojaatga bo‘yicha, Mirzo Ulug‘bek tumani inspeksiyasi tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumani, Qodirova ko‘chasidagi 1 tup olma daraxti fuqaro Yuldashev U tomonidan kesib tashlanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Yuldashev U ga nisbatan O‘z. Res. MJTK ning 79-moddasiga binoan, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter