Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida avariya bo‘lib, ulardan biri - Cobalt yonib ketdi

Bugun 18-fevral kuni soat 19:30da Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi Xotira maydoni qarshisida Cobalt, Spark, Gentra va Matiz rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, YTH natijasida Cobalt avtomashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. FVV xodimlari tomonidan yong‘in bartaraf etilgan.
Shuningdek, Cobalt hamda Matiz avtomashinasi haydovchilari tan jarohat olgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter