Toshkent metrosining 19 bekatini nomlash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilyapti
2022-yilning 5-11-dekabr kunlarida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan geonom.tashkent.uz saytida shahar metropoliteni yerusti liniyasining «Do‘stlik-Qo‘yliq» va «Olmazor-Sergeli» yo‘nalishlaridagi 19 ta bekatiga nom berish bo‘yicha takliflar yig‘ilgan edi.
Mazkur takliflar orasidan taniqli olimlar, tarixchilar, filologlar, toponimistlar va boshqa soha mutaxassis-ekspertlari, shuningdek, OAV vakillari, blogerlardan iborat Ishchi guruh «Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida»gi qonun talablari asosida hamda davlat tilida toponimlar yozilishining belgilangan qoidalariga muvofiq, kelib tushgan takliflardan har bir bekat uchun eng moslarini tanlab olishgan.
Toshkent shahar hokimligi ushbu bekatlarga nom berish bo‘yicha takliflar tayyorlash davomida mahalliy aholi fikrini o‘rganish maqsadida poytaxt ahlini ovoz berish yo‘li bilan ushbu jarayonda ishtirok etishga taklif qilmoqda.
Ovoz berish joriy yilning 4-aprel kunidan 18-aprelga qadar davom etadi.
Eng ko‘p ovoz yiqqan nomlar ro‘yxati Transport vazirligiga tegishli takliflarni tayyorlash va keyinchalik ularni Hukumatga qaror qabul qilish uchun kiritiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter