Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent ko‘chalaridan biri 15 kunga yopildi

Toshkent ko‘chalaridan biri 15 kunga yopildi

Bugun, 13 iyul kunidan boshlab Toshkent shahar Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasining Said Baraka va Fidokor ko‘chalari kesishmalari 15 kun muddatga avtomobillar harakati uchun yopildi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Mirobod tumani T.Shevchenko ko‘chasida «Mening yo‘lim» loyihasi doirasida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi belgilangan.

T.Shevchenko ko‘chasining S.Baraka va Fidokor ko‘chalari kesishmalari hududidagi eskirgan, diametri 720 mm, uzunligi 448 metr magistral issiqlik quvurini yangisiga almashtirish ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Shu munosabat bilan, 13 iyul kunidan boshlab T.Shevchenko ko‘chasining S.Baraka va Fidokor ko‘chalari kesishmalari 15 kun muddatga avtomobillar harakati uchun yopildi.

Ta’mirlash ishlari yakuniga yetgach, harakatlanish qayta tiklanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring