Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tez yordam mashinalari «zapravka»da navbat kutib qolgani ortidan mas’ullarga chora ko‘rildi

Tez yordam mashinalari «zapravka»da navbat kutib qolgani ortidan mas’ullarga chora ko‘rildi

Foto: «Daryo.uz»

Telegram messenjeridagi kanallarda Farg‘onda tez yordam avtomobillarining metan zapravkada navbatda turgani aks etgan suratlar tarqaldi. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi voqeani tasdiqlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2023-yil 6-dekabr kuni Respublika tez tibbiy yordam markazi Farg‘ona filiali Toshloq tuman tez tibbiy yordam stansiyasiga qarashli jami 5 dona Damas rusumdagi tez yordam avtomashinasi soat 9:40 larda Toshloq tumanidagi metan gaz quyish shoxobchasi ishlamay qolganligi sababli Marg‘ilon shahridagi metan quyish shoxobchasiga gaz quyish uchun borgan.

Foto: «Daryo.uz»

«U yerda tez tibbiy yordam uchun alohida yo‘lak tashkil etilganiga qaramay, Marg‘ilon shahar stansiyasiga qarashli tez tibbiy yordam avtomashinalari bilan bir vaqtda kelib qolganligi natijasida navbat yuzaga kelgan», – deydi mas’ullar voqeani izohlar ekan.

Viloyat SSB axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, mazkur muammo yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan mutasaddilar ogohlantirilib, ularga chora ko‘rilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring