Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Temir yo‘lda yuk tashishga berilgan chegirmalar bosqichma-bosqich bekor qilinadi

Temir yo‘lda yuk tashishga berilgan chegirmalar bosqichma-bosqich bekor qilinadi

O‘zbekistonda 2024-yil 1-oktyabrdan bosqichma-bosqich 2025-yil 1-aprelgacha respublika hududida temir yo‘l transportida yuk tashishda taqdim etilayotgan chegirmalar berish amaliyotini bekor qilish rejalashtirilyapti.

Bu borada Prezidentning PF-85-son farmoni qabul qilindi va unda yuqoridagi tartibni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Transport vazirligi hamda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-sentyabrgacha Hukumatga kiritishi lozimligi belgilandi.

Shuningdek, ishlab chiqiladigan hujjat loyihasida temir yo‘l orqali yuklarni tashishda eksport va import tashish xizmatlari uchun tariflarni 2030-yilgacha bosqichma-bosqich birxillashtirish masalasi ham xal etiladi.

Farmon bilan, 2026-yil 1-yanvardan birja savdolarida sotib olingan mis katodi va mis katankasini eksport qilishga cheklovlar bekor qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring