Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Soliq hamkor» orqali qariyb 34 mlrd mukofot puli to‘lab berilgan

«Soliq hamkor» orqali qariyb 34 mlrd mukofot puli to‘lab berilgan

2023-yil yanvar-oktyabr oylarida «Soliq» mobil ilovasining «Soliq hamkor» tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 102 089 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:

  • 94 765 tasi xarid cheki bermaslik;
  • 4 020 tasi to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
  • 200 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
  • 3 104 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha.

Murojaatlarning 56 756 tasi takroriy bo‘lganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik sub’yektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.

Murojaatlar asosida 40 833 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, 99,4 foiz holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 2023-yilda 40 685 ta holat bo‘yicha (undirilgan jarima summasidan 20 foiz) 33,5 mlrd so‘m mukofot to‘langan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring