Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga uning onasi vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
«Mehribon va aziz volidai muhtaramangiz - Ogulabat
Berdimuhamedovaning olamdan o‘tgani haqidagi xabar qalblarimizni chuqur qayg‘u va iztirobga soldi. Ogulabat edje o‘zining ibratli hayot yo‘li, chinakam mehnatsevarligi, odamlarga mehr-oqibati va kamtarligi bilan elu yurtingizning ulkan mehru muhabbatiga sazovor bo‘lgan mo‘’tabar inson edi.
Oilangiz uchun katta yo‘qotish bo‘lgan ushbu musibatli onlarda Siz, Janobi Oliylariga va barcha yaqinlaringizga, qardosh va do‘st Turkmaniston xalqiga hamdardlik tuyg‘ularimizni izhor etamiz», – deyiladi maktubda.
Davlat rahbari Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga ham ta’ziya yo‘lladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter