Shahrisabz shahriga yangi hokim tayinlandi
Bugun xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Sessiyada deputatlar Bo‘riyev Sherzod Axadovichni Shahrisabz shahar hokimi lavozimiga tasdiqladi.
Sherzod Bo‘riyev 1982-yilda Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. U Qarshi davlat universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan.
Tayinlovga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter