Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada raketa hujumi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Rossiyada raketa hujumi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Joriy yil 11-may kuni Rossiyaning Kursk viloyatida joylashgan Rilsk shahri Ukraina qurolli kuchlari tomonidan raketa hujumiga uchradi. 

Hujum oqibatida shahardagi bir necha turar joy binolari va mehmonxonalarga jiddiy zarar yetgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kamida uch nafar fuqaro tan jarohati olgan.

Vayron bo‘lgan mehmonxona xarobalari ostida 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgani xabar qilindi. Marhumning shaxsi aniqlangan.

Hodisa yuzasidan tegishli rasmiy organlar tomonidan tergov ishlari boshlab yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring