Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘arbning uzoqqa uchuvchi raketalari Rossiyaning qaysi hududlari uchun xavfli?

G‘arbning uzoqqa uchuvchi raketalari Rossiyaning qaysi hududlari uchun xavfli?

Foto: Amerika urushni o‘rganish instituti

Agar Kiyev Rossiya hududiga chuqur zarba berishga ruxsat olsa, RFning umumiy aholisi 4,7 mln kishi bo‘lgan 9 ta yirik shahri g‘arb raketalari yetib boradigan radiusga kiradi, Amerika urushni o‘rganish instituti shu haqda ma’lumot berdi.

Raketalar Rossiyaning ikki millioner shahri — Rostov-Don (aholisi 1,14 mln kishi) va Voronej (1,046 mln)gacha yetib boradi. Bundan tashqari, g‘arb raketalari qamrovi hozirda HIMARS raketa tizimlari doirasidan tashqarida bo‘lgan Kursk shahri (aholisi 436 ming kishi)gacha yetib borishi mumkin.

Shuningdek, viloyat markazlari — Bryansk (373 ming kishi) va Oryol (296 ming) hamda Azov dengizi bo‘yida joylashgan Taganrog (245 ming) shaharlari uzoqqa uchuvchi raketalar nishoniga aylanishi mumkin.

Amerikaning ATACMS (300 km) raketalari yetib borishi mumkin bo‘lgan shaharlar qatorida Lipetsk (486 ming kishi), Smolensk (312 ming) va Kaluga (329 ming) sanab o‘tilgan. Britaniyaning Storm Shadow (250 km) raketalari bu shaharlarga xavf tug‘dira olmasligi mumkin, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring