Qo‘qon bozorlariga yuzdan tanib oluvchi kameralar o‘rnatildi
Qo‘qon shahridagi katta bozorlar va bog‘larning kirish joyiga shaxsni yuzidan tanib oladigan videokameralar o‘rnatilmoqda.
Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i Polkovnik Shavkat Akbarov va ma’sul xodimlar jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikning oldini olish maqsadida mazkur kameralarning o‘rnatilishi bilan bog‘liq ishlarning borishi bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, hozirda Qo‘qon, Farobiy, Buyuk ipak yo‘li, Rizq Baraka, Istiqlol va Muzaffar savdo komplekslariga jami 2 064 ta kamera o‘rnatilgan. Bozor hududidagi va istirohat bog‘laridagi yuzdan tanib oluvchi va IP-kameralar Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar boshqarmasiga integratsiya qilindi.
Har bir bozor ma’muriyatida kuzatuv markazlari tashkil etilgan bo‘lib, savdo majmuasining kameralari situatsion markazga bog‘langan.
Shuningdek, Qo‘qondagi mavjud 3 ta istirohat bog‘larga ham 240 ta IP-kamera va yuzdan tanib oluvchi kameralar to‘liq o‘rnatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter