Qashqadaryoda test imtihonlari vaqtida telefondan foydalanish holati aniqlandi
![Qashqadaryoda test imtihonlari vaqtida telefondan foydalanish holati aniqlandi](https://static.xabaruz.com/crop/3/8/720_460_95_3803566737.png)
Ijtimoiy tarmoqlarda test imtihonlari jarayonida fizika va matematika fanlaridan test savollari aks etgan 6410554 raqamli test topshiriqlari kitobi surati tarqaldi.
DTM bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur holat joriy yil 12-avgust kuni Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalangani videokuzatuv orqali aniqlangan.
Xabarda aytilishicha, ushbu abituriyent ayni paytda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 52-bandiga muvofiq test sinovidan chetlashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter