Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda 14 yoshli qiz ota-onasi tomonidan ayovsiz kaltaklandi

Qashqadaryoda 14 yoshli qiz ota-onasi tomonidan ayovsiz kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qizning o‘z ota-onasi tomonidan ayovsiz kaltaklangani aks etgan videolavha tarqaldi.

Qashqadaryo viloyati IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, voqea joriy yilning 16-aprel kuni taxminan soat 11:30 larda Qashqadaryo viloyati Koson tumani «Qorabayir» mahallasida istiqomat qiluvchi oilalarning birida yuz bergan.

Aniqlanishicha, 14 yoshli X.G. onasi M.M. (41 yosh) hamda otasi T.R. (45 yosh) tomonidan kaltaklangan.

Mazkur holat voyaga yetmagan qizning amakisi tomonidan videotasvirga olinib, Ichki ishlar organlariga xabar berilgan.

Hozirda voqea ishtirokchilarining barchasi aniqlanib, tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Voyaga yetmagan qizning otasi T.R. esa ruhiy kasalliklar dispanseriga tekshirish uchun yuborilgan. Jabrlanuvchi X.G.ga nisbatan yetkazilgan tan jarohatlarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring