Poytaxt budjetidan ayrim ijtimoiy soha obyektlariga quyosh paneli o‘rnatib beriladi
Toshkent shahar hokimi v.b. Baxtiyor Rahmonov Respublika budjetidan mahalliy budjetga ajratilgan ssuda mablag‘lari hisobidan ayrim ijtimoiy soha obyektlariga quyosh panellari o‘rnatish uchun jami 25 mlrd 608 mln so‘m ajratish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Hujjatga muvofiq quyosh panellari poytaxtdagi jami 40 ta ijtimoiy soha obyektlariga o‘rnatiladi.
Ushbu maqsadlar uchun ajratilayotgan mablag‘lar sabab esa 2023-yil Toshkent shahar mahalliy budjetiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Eng qizig‘i, hokimlik energiya samarador va qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatib berishni istayotgan obyektlar ro‘yxatida shifoxonalar, maktablar yoki bog‘chalar ko‘rsatilmagan.
Aniqrog‘i, 25,6 mlrd so‘mlik quyosh panellari poytaxt hokimliklari, hududiy prokuratura (masalan, Toshkent shahar prokuraturasi binosiga 1,6 mlrd so‘m) va IIB binolari uchun xarid qilinadi.
O‘z navbatida, hokimlik ajratiladigan mablag‘larning aniq summasi mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotuvchi portal – cooperation.uz’dagi savdo natijalari asosida aniqlanishini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter