O‘zbekistonning «bosh YPX inspektori» lavozimidan olindi
Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan polkovnik Saidov Olim Choriqulovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
Shu munosabat bilan IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga polkovnik Ibragimov Sherzod Shokirovich tayinlandi.
Tayinlovga qadar Sh.Ibragimov IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter