Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar keshbek orqali xaridining 500 mlrd so‘mdan ortig‘ini qaytarib olgan

O‘zbekistonliklar keshbek orqali xaridining 500 mlrd so‘mdan ortig‘ini qaytarib olgan

Yil boshidan buyon O‘zbekiston hududida qilingan xaridlar bo‘yicha to‘langan keshbeklar 514 milliard so‘mdan oshdi. Bu haqda DSQ axborot xizmati ma’lum qildi.

Birgina sentyabr oyi uchun 1 206 995 nafar iste’molchiga 84,9 mlrd so‘m keshbek to‘lab berilgan.

Shuningdek, soliq hisobotlaridagi kamchiliklar bartaraf etilishi, soliq qarzlari kamaytirilishi natijasida – yanvar-avgust oylari uchun yana 3,3 mlrd so‘m tasdiqlandi.

Yil boshidan buyon to‘lab berilgan keshbek 1 453 872 nafar fuqaroga hisoblangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring