O‘zbekistonda II Jahon urushi qatnashchilari necha nafar ekani aytildi
O‘zbekistonda Pensiya jamg‘armasining hududiy tuman (shahar) bo‘limlari hisobida turib pensiya olayotgan 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari va nogironlari 97 nafarni tashkil qiladi (ularning 11 nafari yoki 11,3 foizi ayollar).
Shundan 28 nafari 100 yosh va undan katta (3 nafari ayol) bo‘lsa, qolgan 69 nafari 94-99 yosh oralig‘ida (8 nafari ayol).
Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, II Jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga pensiyasidan tashqari quyidagi ustama haq, kompensatsiya va qo‘shimchalar to‘lanadi:
- pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 150 foizi miqdorida ustama haq – 520 500 so‘m har oyda;
- 100 yoshga to‘lgan va 100 yoshdan kattalarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida – 347 000 so‘m har oyda;
- pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi miqdorida uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash uchun kompensatsiya puli – 173 500 so‘m har oyda;
- BHMning 100 foizi miqdorida oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena mahsulotlari o‘rniga qo‘shimcha to‘lov – 330 000 so‘m har oyda;
- BHMning 1500 foizi miqdorida bepul yetkazib beriladigan kiyim bosh hamda oyoq kiyim tovarlari o‘rniga kompensatsiya puli – 4 950 000 so‘m bir yilda bir marotaba.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter