Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda aholi soni bir kunda qanchaga ko‘payayotgani aytildi

O‘zbekistonda aholi soni bir kunda qanchaga ko‘payayotgani aytildi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 mln 963 ming 262 kishini tashkil etgan.

Respublikaning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 foizga oshgan. 2024-yil boshidan buyon esa 163,5 ming kishiga ko‘paygan.

Bu O‘zbekiston aholisi 2024-yilning har bir oyida o‘rtacha 54,5 ming kishiga, har bir kunida esa o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘payyapti, deganidir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring