Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xalq artisti Guli Hamroyeva 76 yoshda vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Guli Hamroyeva 76 yoshda vafot etdi

O‘zbek balet san’atining yetuk iste’dod egalaridan biri, O‘zbekiston xalq artisti Xamrayeva Guli Razzoqovna 76 yoshda vafot etdi.

Guli Xamrayeva Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining prima balerinasi, eng sara jahon va milliy klassik balet spektakllaridagi yetakchi partiyalar ijrochisi, betakror iste’dod sohibasi, mehribon va jonkuyar ustoz sifatida butun umrini balet san’atini rivojlantirishga bag‘ishlagan.

Uning  «Baxchirayskiy fontan», «Don Kixot», «Esmeralda», «Dilorom», «Amulet lyubvi», «Spartak» va boshqa ko‘plab spektakllardagi yetakchi partiyalari milliy balet xazinasidan munosib o‘rin egallagan.

O‘zbekiston xalq artisti Xamrayeva Guli Razzoqovnaning bevaqt vafoti munosabati bilan, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri jamoasi  ustoz san’atkorning oila a’zolariga va barcha yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Madaniyat va turizm vazirligi jamoasi Xamrayeva Guli Razzoqovnaning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring