Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shoir Oshiq Erkin 86 yoshida vafot etdi

Shoir Oshiq Erkin 86 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir Oshiq Erkin — Erkin Madrahimov 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Oshiq Erkin 1937-yil 7-may kuni Xiva shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakulteti bitiruvchisi edi.

1959-yilda «O‘rta Osiyo universiteti» gazetasida mas’ul kotib, ikki yildan so‘ng «O‘zbekiston ovozi» gazetasida ish boshlagan. 1986-2010—yillarda Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi mas’ul kotibi lavozimida ishlagan.

Oshiq Erkin hayoti davomida 30 ga yaqin badiiy va publitsistik kitoblarni nashr ettirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring