Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Vengriya umumiy qiymati 1,2 milliard dollarlik 47 ta hujjat imzoladi

O‘zbekiston va Vengriya umumiy qiymati 1,2 milliard dollarlik 47 ta hujjat imzoladi

O‘zbekiston va Vengriya 17-oktyabr kuni umumiy qiymati 1,2 milliard dollarlik 42 ta hujjat imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqot chog‘ida qishloq xo‘jaligi, avtomobilsozlik, farmatsevtika, bank, moliya, transport va logistika sohalarida qo‘shma investitsiya loyihalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida umumiy qiymati 1,2 milliard dollarlik 42 ta hujjatni jadal ijro etish bo‘yicha chora-tadbirlarni tahlil qilish va ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, tomonlar bank-moliya sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, O‘zbekiston-Vengriya qo‘shma investitsiya jamg‘armasini yaratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqildi. Shuningdek, OTP Group bilan loyihani amalga oshirishni faollashtirishga kelishib olindi.

Transport-logistika sohasida ikki tomonlama hamkorlikning jihatlari alohida ko‘rib chiqildi. Tomonlar Wiz Air aviakompaniyasi bilan Samarqand – Abu-Dabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslari muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilganini olqishladilar va o‘zbekistonlik investorlar ishtirokida qo‘shma aviatashuvchi kompaniyani yaratish masalasini muhokama qildilar. Havo qatnovi to‘g‘risidagi Hukumatlararo bitimni imzolashni tezlashtirishga kelishildi.

Suv xo‘jaligi jarayonlarini raqamlashtirish sohasida kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tegishli ilmiy muassasalar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring