Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston AQSh prezidenti Jo Baydenning G‘azo bo‘yicha tashabbusini olqishlaydi – TIV

O‘zbekiston AQSh prezidenti Jo Baydenning G‘azo bo‘yicha tashabbusini olqishlaydi – TIV

Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burhonov bugun, 5 iyun kungi brifingda AQSh prezidenti Jo Bayden e’lon qilgan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rejasiga O‘zbekiston TIV munosabati haqida to‘xtaldi.

«Biz G‘azo sektorida tinch aholi, ayniqsa ayollar va bolalar qurbonlari bo‘lgan to‘qnashuvlarni diqqat bilan kuzatmoqdamiz. Bu holat bizni chuqur xavotirga solmoqda.

O‘zbekiston mojarolarni faqat tinch yo‘l va barcha mavjud diplomatik vositalar yordamida hal qilish tarafdori.

Shu munosabat bilan inqirozni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Biz barcha mamlakatlarning harakatlarini, jumladan, AQShning o‘t ochishni to‘xtatish, garovga olinganlarni ozod qilish va tinch hayotni tiklash bo‘yicha tashabbusini olqishlaymiz.

Biz barcha tomonlarni vazminlikka, xalqaro huquqni hurmat qilishga, zo‘ravonlikni oldini olishga va tinch aholi orasida qurbonlar sonining yanada ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz», – deydi Ahror Burhonov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston TIV Isroilning G‘azo sektorida olib borayotgan harbiy harakatlari yuzasidan bayonot berib, «Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda» ekanini bildirgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring