Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘sh va Andijon o‘rtasidagi mikroavtobus qatnovi qayta tiklandi

O‘sh va Andijon o‘rtasidagi mikroavtobus qatnovi qayta tiklandi

Hozirda yo‘nalish bo‘ylab harakatlanish uchun o‘nga yaqin mikroavtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yil 9-sentyabrdan boshlab Qirg‘izistonning O‘sh va O‘zbekistonning Andijon shaharlari yo‘nalishida mikroavtobuslar qatnovi qayta tiklandi. Bu haqda Oshtv ma’lum qildi. 

Xabarda aytilishicha, endilikda O‘sh avtovokzalidan har kuni, har yigirma daqiqada mikroavtobuslar qatnaydi. Xuddi shunday yo‘nalishda Andijondan O‘shgacha ham xizmat ko‘rsatiladi. Yo‘l haqi 140 som (taxminan 19 ming so‘m). Shaharlar orasidagi masofa 45 kilometr.

Chegara orqali o‘tishni tezlashtirish uchun davlatlar «yashil yo‘lak»ni joriy etishga ham kelishib olgani ta’kidlanmoqda

Ma’lum qilinishicha, ushbu yo‘nalish bo‘yicha qatnov 2019-yil kuzida ishga tushgan, biroq bir necha oy o‘tib pandemiya tufayli to‘xtatilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring