Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda qariyb 3 kilo «opiy» ushlab qolindi

Namanganda qariyb 3 kilo «opiy» ushlab qolindi

DXX Namanganda narkotik moddalar noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi.

Ma’lum qilinishicha, «Toshkent – Namangan» yo‘nalishida harakatlanayotgan «Cobalt» mashinasi Pop tumanida tekshirilganida, uning yukxonasidan mazkur mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaroga tegishli bo‘lgan 1 kg 874 gr «opiy» moddasi borligi aniqlangan.

DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat IIB hamda bojxona boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda aniqlanishicha, ushbu modda Toshkent viloyati Bekobod tumaniga Tojikistondan uchinchi shaxslar orqali o‘tkazilgan.

Shuningdek, «Namangan – Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan «Lacetti» avtomobili ham Pop tumanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, 901 gr «opiy» moddasi borligi va u mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan shaxsga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, ushbu narkotik modda Namangan viloyatiga uchinchi shaxslar orqali Qirg‘izistondan o‘tkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring