Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Masjid xodimini haqorat qilgan vakillik mas’uli vazifasidan ozod etildi

Masjid xodimini haqorat qilgan vakillik mas’uli vazifasidan ozod etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston musulmonlar idorasi Surxondaryo vakilligining xodimi M.Sayfuddinov va masjid xodimi F.Samatov o‘rtasidagi o‘zaro tortishuvi yozilgan audio tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston musulmonlar irodasi rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 28 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyati Ichki nazorat komissiyasi yig‘ilishida ushbu vakillik mutaxassisi M. Sayfuddinov masalasi ko‘rib chiqilgan.

Yig‘ilishda mutaxassisning ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘lgan qo‘pol muomalasi atroflicha muhokama qilingan.

Aniqlanishicha, majlisda mutaxassis M.Sayfuddinov va masjid xodimi F.Samatov o‘rtasidagi kelishmovchilik uzoq vaqt davom etgan shaxsiy adovat natijasi bo‘lgan.

Ishtirokchilar tomonidan mutaxassisning ushbu xatti-harakatlari ichki me’yoriy hujjatlarda belgilangan «muloqotda xushmuomala, vazmin va samimiy munosabatni namoyish qilish» va «o‘zining xatti-harakati va axloqi tufayli jamoatchilikning tanqidiga uchramaslik» degan bandlarini  qo‘pol ravishda buzilishi, deb baholangan.

Ichki nazorat komissiyasi yig‘ilishining qaroriga asosan M.Sayfuddinov egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring