Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kogondagi ayanchli YTH oqibatida yana bir o‘quvchi qiz vafot etdi

Kogondagi ayanchli YTH oqibatida yana bir o‘quvchi qiz vafot etdi

Kecha, 18-mart kuni Buxoro viloyati Kogon tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari avtohalokatga uchragani va bir nafar o‘quvchining vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

«Xabar.uz» manbasining bildirishicha, o‘quvchilardan yana biri – maktabning  9-sinfida tahsil olib kelgan M.R. (qiz bola) bugun, 19-mart kuni shifoxonada vafot etgan. 

Uning fojia sodir bo‘lgan vaqtda og‘ir tan jarohati olgani aytilmoqda.

Manbaga ko‘ra, ayni paytda Yu.A. ismli (qiz bola) o‘quvchining ham ahvoli og‘ir.

Qo‘shimcha: tahririyat YTH sabab olamdan o‘tgan o‘quvchilarning ota-onalari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi. Ayni paytda shifoxonada qolayotgan voqea ishtirokchilariga esa tez kunda sog‘ayib ketishlarini tilaydi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring