Kanalizatsiya chuqurining o‘pirilishi natijasida tuproq ostida qolgan fuqaro qutqarildi
Kecha, 9 iyul kuni Toshkent shahrining M.Ulug‘bek tumani, «Oltintepa» ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida, uy egalari tomonidan kanalizatsiya quvurini ta’mirlash maqsadida qazilgan chuqurning o‘pirilishi natijasida, bir fuqaro tuproq ostida qolib ketgani bo‘yicha Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, zudlik bilan olib borilgan harakatlar natijasida fuqaro xavfsiz joyga olib chiqilgan hamda tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
Ayni vaqtda fuqaroning ahvoli yaxshi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter