Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ikki eshik orasi» yoki o‘g‘rincha chop etilgan kitoblar «beshtaligi»

«Ikki eshik orasi» yoki o‘g‘rincha chop etilgan kitoblar «beshtaligi»

Adliya vazirligi Mualliflik va turdosh huquqlar boshqarmasiga huquq egalari tomonidan taqdim etilgan murojaatlar asosida ayrim nashriyotlar tomonidan fan adabiyot va san’at ahlining mualliflik huquqlariga rioya qilmasdan, bepisand munosabatda bo‘lgan holda, shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli shartnoma tuzmasdan chop etilgan kitoblarning «beshtalik» reytingi tuzildi.

Unga ko‘ra, mashhur adib O‘tkir Hoshimovning «Ikki eshik orasi» asari kontrafakt nusxasi eng ko‘p tarqalgan kitoblar reytingini boshqarib turibdi.

Mazkur asarda adib qariyb qirq yillik davrni o‘z ichiga olgan, bir qancha chigal va murakkab taqdirlar misolida o‘z xalqining urush davrida boshdan kechirgan hayoti, qismati haqida mahorat bilan qalam tebratgan.

Uolter Ayzeks «Stiv Jobs» asari esa 2-o‘rinda. Mazkur kitob texnologik taraqqiyot va raqamli inqilobning ramzlaridan biriga aylangan «Apple» kompaniyasi yaratuvchisining hayoti haqida hikoya qiladi. Kitobda Stiv Jobsning 40 dan ortiq intervyulari, shuningdek, yaqinlari va uni tanigan odamlarning u haqidagi xotiralari bayon etilgan.

3-o‘rinda Tohir Malik qalamiga mansub «Odamiylik mulki» kitobi qayd etilgan. Ushbu asar ma’naviyat va tarbiya masalasiga bag‘ishlangan.

Burhan Bozgeyikning «Mashhurlarning so‘nggi lahzalari» kitobi (mashhur tarixiy shaxslar, sarkardalar, davlat arboblari-yu prezidentlar, qolaversa, malika va shahzodalar hayotining so‘nggi lahzalari haqida hikoya qiladi) hamda O‘zgur Bajaksizning «Yashamoq sokinlik istar» kitoblari (qalb halovatiga erishish sirlari haqida) mos ravishda ruxsatsiz chop etilgan kitoblar reytingining 4 va 5-o‘rnida qayd qilingan. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring