Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«IELTS» sertifikatini pullashga uringan shaxs qo‘lga tushdi

«IELTS» sertifikatini pullashga uringan shaxs qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan Zomin tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxs qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, S.M. ismli fuqaro Yu.Q.ga tanishlari yordamida «IELTS» yoki «CEFR» sertifikatlaridan birini olib berish evaziga undan 3 000 AQSh dollari talab qilgan. Tezkor tadbirda S.M. mazkur pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring